Oddiy qilib aytganda, bu bojxona deklaratsiyasini bojxona organiga topshirishdir.
Sizda mantiqiy savol tug'ilishi mumkin: bojxona deklaratsiyasi o'zi nima?
Bojxona deklaratsiyasi — davlat bojxona chegarasidan olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan tovarlar haqida batafsil ma'lumot beruvchi hujjatdir.
Deklaratsiya huquqiy majburiyatlarga rioya qilish va tovarlarni bojxona rejimiga qo'yish uchun topshiriladi.
Deklaratsiyani topshirish tartib-taomili bojxona deklaranti yoki deklarant nomidan va topshirig'i bilan bojxona vakili tomonidan amalga oshiriladi.